AQShning Nyu-York shtatidagi Long-Aylend orolida bir motorli kichik samolyotning qulashi oqibatida uning bortida bo‘lgan ikki kishi — uchuvchi va yo‘lovchi jarohat oldi. Bu haqda CBS New York xabar bermoqda.
Aytilishicha, samolyot shtatning shimoliy qismiga parvozni amalga oshirayotgandi. Ammo u aeroportdan chiqishi bilan tez orada aholi yashaydigan tuman hududiga qulagan.
O‘t o‘chirish xizmati vakillari uchuvchi — 34 yoshli Skott Kliffordni va yo‘lovchini yonayotgan samolyot ichidan chiqarib olgan. Ikki oyog‘i singan va boshi qattiq lat yegan Klifford og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Yo‘lovchi — 65 yoshli Maykl Roumning ahvoli ancha yaxshi bo‘lib, u jiddiy jarohat olmagan.
Izoh (0)