Misrda yo‘lovchi avtobusining ag‘darilib ketishi oqibatida kamida 41 kishi jabrlandi. Bu haqda, mahalliy OAV ma’lumotiga asoslanib, “Interfaks” xabar berdi.
Voqea mamlakat sharqidagi al-Bahr al-Axmar viloyatida sodir bo‘ldi.
Jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizildi. Avariya sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)