Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-ligasida 33-turning yana 1 ta o‘yini o‘z yakuniga yetdi.
Ligada jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan “Sanderlend” o‘z maydonida “Lester”dan 0:2 hisobida yengildi. 32 ta o‘yinda 27 ochko ishlagan “Sanderlend” 20 ta klub orasida o‘n sakkizinchi bo‘lib turibdi.
Qayd etish kerak, “Lester” so‘nggi besh turni 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlagandi. Bu safar Jeymi Vardi 95-daqiqadagi goli bilan “Lester”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
“Sanderlend”ga qarshi o‘yinda “Lester” hujumchisi Jeymi Vardi Premyer-liganing joriy mavsumidagi gollari sonini 21 taga yetkazib oldi. U 22 ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida yetakchilik qilayotgan Harri Keyndan keyin ikkinchi bo‘lib turibdi.
Turnir jadvalida “Lester” 72 ochko bilan peshqadam. 32 tadan o‘yinda ishtirok etgan “Tottenhem” 62, “Arsenal” esa 59 ochkoga ega.
Angliya Premyer-ligasi 33-tur bellashuvlari 10-aprel, yakshanba
“Sanderlend” — “Lester” 0:2
Gollar: Jeymi Vardi, 66 (0:1). Jeymi Vardi, 90+5 (0:1).“Lester”: Kasper Shmeyxel, Denni Simpson, Kristian Fuks, Ues Morgan, Robert Xut, Deniyel Drinkuoter, N’Golo Kante, Mark Olbrayton (Daniel Amarti, 86), Riyod Mahrez (Demaray Grey, 82), Jeymi Vardi, Sindzi Okazaki (Leonardo Ulyoa, 62).APL, 33-tur. “Vest Hem” London derbisida “Arsenal”ga 3 ta gol urib, 2 ochko yo‘qotdi
APL, 33-tur. “Manchester Siti” irodali g‘alabani qo‘lga kiritib, Chempionlar Ligasi pog‘onasini mustahkamladi
APL, 33-tur. “Chelsi” 15 turdan buyon davom etib kelayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasiga Uelsda yakun yasadi
Izoh (0)