Parijda teraktlar uyushtirgan terrorchilarning sherigi Muhammad Abriniy qo‘lga olindi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, Meduza xabar beradi.
Muhammad Abriniy 2015-yilning noyabridan buyon qidirilayotgan edi. U kuzatuv kameralari yozuvlarida Fransiya poytaxtidagi teraktlardan ikki kun avval Saloh Abdislom bilan birga aks etgan.
VRT telekanalining ma’lum qilishicha, Abriniy teraktlar uyushtirilgan Bryussel aeroporti kuzatuv kameralariga tushib qolgan panama kiygan odam bo‘lishi mumkin.
Parijga hujum uyushtirishni tashkil etishda yordam bergan Saloh Abdislom 2016-yilning martida Bryussel shahrining chekka qismida qo‘lga olingan edi. U qo‘lga olingandan bir necha kun o‘tib, terrorchilar Belgiya poytaxti aeroporti va metrosida portlashlarni amalga oshirgan edi.
Izoh (0)