Finlyandiyada Olkiluoto atom elektr stansiyasida radiatsiya sizishi ro‘y berdi. Bu haqda Yle xabar bermoqda.
“Eurayokidagi Olkiluoto AES yoqilg‘i tizimida nosozlik aniqlandi. AESning birinchi blokida radioaktiv moddalarning reaktor suviga sizishi sodir bo‘lgan”, — deyiladi Yle nashri xabarida.
STUK yadro va radiatsiya xavfsizligi markazida mazkur holatning atrof-muhit xavfsizligi uchun zarari yo‘qligi bildirildi. AES faoliyati ta’mirlash ishlari olib borish uchun to‘xtatildi. Ta’mir bir hafta atrofida davom etadi.
Izoh (0)