Isroilliklar sichqonlarni qarilik aqliy zaifligi - Alsgeymer xastaligidan davolashga erishdi. Bu haqda TJournal xabar beradi.
So‘z qarilik aqliy zaifligining shu paytgacha davolab bo‘lmaydigan mazkur ko‘rinishida 99 foiz sog‘ayish ko‘rsatkichini ko‘rsatgan yangi dori vositasining klinikadan oldingi sinovlari yakuniga yetganligi haqida bormoqda.
Tajriba sichqonlarida kasallikning barcha alomatlari bartaraf etilgan va ular testlarda nazorat guruhidagi turdoshlari kabi aqliy natijalarni ko‘rsatgan.
Hozirgi paytda dori vositasining keyingi sinov bosqichi tayyorlanayotganligi ma’lum qilinmoqda. Yaqin vaqt ichida u klinik sinovlar davomida bemorlarga qo‘llanila boshlanadi.
Izoh (0)