Pokistonda avtobus va yuk mashinasining to‘qnashib ketishi natijasida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IANS agentligi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Hodisa Panjob viloyatining Bxakkar tumanida 6-aprel, chorshanba kuni tongda yuz berdi. Katta tezlik bilan harakatlanayotgan yuk mashinasi unga qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan avtobusga urilgan.
Sakkiz kishi voqea joyida halok bo‘lgan, 40 kishi shifoxonalarga yetkazilgan. Jabrlanganlarning ko‘pchiligi og‘ir ahvolda ekanligi ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)