Xitoyning Sian An shahrida boks bo‘yicha Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmalari uchun Osiyo va Okeaniya mintaqalarining qo‘shma litsenzion turnirining final bellashuvlari start oldi.
O‘zbekiston boks federatsiyasining Facebook’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilinishicha, -49 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘smatov filippinlik Rogen Ladonni mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
Avvalroq Hasanboy Do‘smatovning Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgan edi.
Bugun, 1-aprel kuni, o‘zbekistonlik bokschilardan Shahobiddin Zoirov (-52 kilogramm), Shahram G‘iyosov (-69 kilogramm) va Elshod Rasulov (-81 kilogramm) ham musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritish uchun ringga ko‘tariladi.
Izoh (0)