Myunxenning “Bavariya” klubi futbolchisi Aryen Robben tez orada jarohatidan qutulib, kelasi hafta jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shiladi. Bu haqda futbolchining otasi va bir vaqtning o‘zida agenti hisoblangan Xans Robben ma’lum qildi, deb yozadi “Chempionat”.
Avvalroq Robben aprel oyining o‘rtalarida safga qaytishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. U holda gollandiyalik yarim himoyachi Portugaliyaning “Benfika” klubiga qarshi Yevropa Chempionlar Ligasining chorak final uchrashuvlarini o‘tkazib yuborar edi.
“Bavariya”ning “Benfika”ga qarshi birinchi o‘yini 5-aprelda, javob bellashuvi esa 13-aprelda bo‘lib o‘tadi. “Bavariya” Germaniya Bundesligasi doirasida 2-aprel kuni Frankfurtning “Ayntraxt” klubiga qarshi bahs olib boradi.
Izoh (0)