Rossiya Suriyada operatsiyaning yakunlanganligi haqida e’lon qilgandan keyin ham mamlakatga avvalgi miqdorda harbiy texnika va qurilmalarni yetkazishda davom etmoqda. Bu haqda Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, Meduza xabar beradi.
Agentlik dengiz kemalarining harakatlanishi bo‘yicha ma’lumotlar, jumladan, dengiz xavfsizligi yuzasidan manbalarning rasmiy axborot va ma’lumotlari, shuningdek, Bosfor bo‘g‘ozi orqali o‘tayotgan Rossiya kemalarining blogerlar tomonidan joylashtirilgan suratlarini tahlil qilib chiqqandan so‘ng yuqoridagi xulosaga kelgan.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Harbiy-havo kuchlarining maxsus operatsiyalari yakunlanganligini e’lon qilgandan keyin o‘tgan uch hafta mobaynida Suriyaga kiritilganga qaraganda kamroq harbiy texnika va qurilmalar chiqarib ketilgan. O‘rtayer dengizining sharqiy qismida joylashgan Rossiya harbiy-dengiz floti kemalari soni o‘zgarmagan. Mazkur hududni tark etayotgan Rossiya kemalarining o‘rniga yangilari kirib kelmoqda.
Izoh (0)