Taniqli rossiyalik rejissor, rassom, multiplikator Yuriy Butirin 86 yoshida Moskvada olamdan o‘tdi. Bu haqda, animatsion kino uyushmasiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Yuriy Butirin 1930-yilning 21-mart kuni tug‘ilgan. 50-yillar oxirida “Soyuzmultfilm” studiyasidagi faoliyatini boshlagan. U ko‘plab mashhur multiplikatsion filmlarning yaratilishida ishtirok etgan, bular sirasida “Xo‘roz va bo‘yoqlar”, “Vovka chekka saltanatda”, “Dyuymovochka” va boshqalar bor. U, shuningdek, Anatoliy Savchenko bilan hamkorlikda Kichkintoy va Karlson haqidagi filmlar postanovkachi rassomi bo‘lgan.
Shuningdek, Butirin “Bilmasvoy Oyda” to‘liq metrajli animatsion filmining rejissori sifatida mashhur.
Izoh (0)