28-mart kuni Kapitoliydagi otishmada politsiya zobiti yaralangandan so‘ng, Vashington xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda. Bu esa Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning chiqishlarida qatnashuvchilarning cheklanishiga olib keldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Poroshenko 30-martdan 3-aprelga qadar AQShda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Prezident ishtirokidagi forum 30-mart kuni kechqurun Kapitoliy tepaligidagi tashrif buyuruvchilar markazida bo‘lib o‘tadi.
Dastlab Poroshenkoning chiqishi davomida tinglovchilarning bir qismi maxsus taklifnomalar bilan zalda bo‘lishi, qolganlari esa qo‘shimcha auditoriyada uni monitor orqali ko‘rishi mumkinligi rejalashtirilgan edi.
“Tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq yangi tahdidlar tufayli biz qo‘shimcha auditoriyada avval rejalashtirilgan miqdordagi odamlarni qabul qila olmaymiz. Chiqishlarda faqat chiptaga ega bo‘lganlar qatnashishi mumkin”, — deydi forum tashkilotchisi Amerika—Ukraina fondi vitse-prezidenti Jon Kun.
Izoh (0)