Kecha, 27-mart kuni ayollar o‘rtasida futzal bo‘yicha XII O‘zbekiston chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur musobaqada 12-marotaba ishtirok etayotgan Qarshining “Sevinch” jamoasi o‘z tarixidagi 12-chempionlikni rasmiylashtirdi, deb xabar beradi klub matbuot xizmati.
“Sevinch” klubi chempionatning so‘nggi uchrashuvini Toshkentning SMRI (Singapur menejmentni rivojlantirish instituti) jamoasiga qarshi o‘tkazdi va 8:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Qayd etish joizki, “Sevinch” jamoasi futzal bo‘yicha XII O‘zbekiston chempionatidagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.
Ayollar o‘rtasida futzal bo‘yicha XII O‘zbekiston chempionatidagi kuchli uchlikdan quyidagi jamoalar o‘rin oldi.
1-o‘rin: “Sevinch” (Qarshi).
2-o‘rin: “Andijanka” (Andijon).
3-o‘rin: “To‘maris” (Xorazm).
Izoh (0)