O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin AQShning Mayami shahrida davom etayotgan Masters turkumidagi Miami Open tennis turnirida o‘z ishtirokini yakunladi.
Musobaqa rasmiy saytining ma’lum qilishicha, ikkinchi davrada 29 yoshli o‘zbekistonlik tennischi dunyoning ikkinchi raketkasi, britaniyalik Endi Marreyga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 39 daqiqa davom etgan uchrashuvda 6:3, 7:5 hisobi qayd etilib, Marrey foydasiga hal bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi davrada Denis Istomin xorvatiyalik Borna Chorichga qarshi kortga chiqib, 4:6, 7:5, 7:5 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Ma’lumot uchun, Miami Open turnirining sovrin jamg‘armasi 7 037 595 dollarga teng bo‘lib, ikkinchi davraga qadar yetib kelgan tennischilar 19 530 dollar miqdorida mukofot puli bilan taqdirlanadi.
Izoh (0)