Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov fevral tunlaridan birida avtomobillarni yuvish manziliga qizil ishtonda borgani xususida izoh berdi, deb xabar qildi “Interfaks”.
Fevral oyida internetda paydo bo‘lgan fotosuratda Peskov norasmiy kiyimda avtomobillarni yuvish manzilida divanda o‘tirgani qayd etilgani jurnalistlar diqqatini tortgan edi.
“Barchamiz oddiy odamlarday hayot kechiramiz. Menda odatdagiday bir kecha edi. Bilasizmi, ishdan 00:00 dan keyin qaytsangiz, ba’zan uyqu kelmaydi. Rafiqangiz xizmat safarida, bolangiz ikki olgani uchun janjallashib qolgansiz. Uyqu kelmaydi”, — dedi Peskov “TVS” telekanalidagi “Pravo znat!” dasturi efirida.
“Sport libosida edim, shu ahvolda mashinaga o‘tirib, yuvdirishga olib keldim”, — deb qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)