Yaman janubidagi Adan shahrida yuz bergan uchta portlash oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi. Ulardan kamida o‘n nafari tinch aholi vakilidir. Bu haqda Middle East Eye nashri ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, Adan g‘arbidagi Shaab tumanida joylashgan nazorat-o‘tkazish punktlarida bir vaqtning o‘zida ikki bomba portlagan. Uchinchi bomba tez yordam mashinasida bo‘lgan va shahar markazida portlab ketgan.
Hukumat ushbu portlashlarni terakt deb hisoblamoqda.
France Press agentligining ma’lumotlariga qaraganda, terakt uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi zimmasiga olgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)