24-mart, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan 13:37 da Toshkentda hamda O‘zbekistonning boshqa shaharlarida kuchi taxminan 2 ballga teng yer silkinishi kuzatildi. Bu haqda UzReport xabar berdi.
Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazining ma’lumotiga qaraganda, zilzila epitsentri Tojikiston hududida, 40 kilometr chuqurlikda joylashgan. Markazda silkinishlar magnitudasi 4,9 ballni tashkil etgan.
Izoh (0)