Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Kongo respublikasi prezidenti Deni Sassu-Ngesso mamlakatda 20-mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan va to‘qqiz nomzod qatnashgan prezidentlik saylovlarida 60% ovoz to‘plab, birinchi turdayoq g‘olib chiqdi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Raymon Mbulu ma’lum qilgan, deya xabar beradi “TASS”. 

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

O‘tgan yil oktabrida Kongoda prezidentlikka nomzodlar uchun 70 yosh bilan bog‘liq cheklovni bekor qilgan konstitutsiyaviy referendum bo‘lib o‘tgan va bu 72 yoshli Sassu-Ngessoga o‘z nomzodini qo‘yish imkonini bergandi. 

Prezident 32 yildan beri davlat hokimiyati ustida: u 1979—1992-yillarda mamlakatni boshqargan, fuqarolik urushidan so‘ng 1997-yili yana lavozimini qaytarib olgandi. Keyinchalik 2002 va 2009-yillardagi saylovlarda g‘olib chiqqan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
Dunyo
Xersonning ozod qilingan qismidan ilk kadrlar. Rossiya chegaralaridagi tirbandliklar. Urushning 217-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Katta miqdordagi noqonuniy sigaretalar bojxona nazorati o‘rnatilmagan aylanma yo‘llardan olib o‘tiladi” — Davlat bojxona qo‘mitasi mutaxassisi bilan suhbat