Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Bahorning eng asosiy bayrami — Navro‘z bilan bog‘liq eng yaxshi xalq o‘yinlaridan biri bu — varrak uchirishdir. Kunlar ilishi bilan O‘zbekiston shaharlarida varraklar savdosi, varraklar parvozi avj oladi.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”

Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida juda katta varraklarning sotilayotgan va uchayotgan aks etgan suratlar e’lon qilindi. Suratlarning birida Airbus aviakonsernining eng katta A380 layneriga qiyosan “Varrak A380” deb ta’riflangan “o‘yinchoq” bir bolakaydan kamida uch barobar kattaligi ochiq ko‘rinib turibdi.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”

Bu varrakka, shuningdek, “Varrakkopter”, “Laylaktsikl”, “O‘zbekcha dron”, “Uchar gilam”, “Varrak 737” kabi ta’riflar berilgan, “Bu Boeing’ga bizning javobimiz!” kabi hazilomuz fikrlar bildirilgan. Foydalanuvchilarning yozishicha, bunday katta varraklarning narxi 300 ming so‘mgacha yetadi.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”

Bir foydalanuvchining yozishicha, bunday varrakni bir yoki ikki kishi uchira olmaydi, buning uchun butun jamoa kerak, shuningdek, kanop ip va qo‘lqop ham zarur. “Agar kuchli shamol bo‘lib qolsa, bunday varrakni mashina bilan ham ushlab qola olmaysiz”, — deb yozadi foydalanuvchi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Toshkentda Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
Mahalliy
Qashqadaryoda 38 yoshli ayol va 19 yoshli qiz o‘zini poyezd tagiga tashlab, joniga qasd qildi. MFY raislaridan biri bu axborotni yashirib, “mahallaning siri” demoq...
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda