Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 24-mart, payshanba kuni havo o‘zgarib turadi, mamlakatning qator hududlarida yog‘ingarchilik kutiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Xabar berishlaricha, 23-mart kuni soat 20:00 dan 24-mart kuni soat 20:00 gacha bo‘lgan oraliqda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, mamlakatning tog‘li hududlarida va Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

24-martga o‘tar kechasi mamlakat bo‘ylab havo harorati shimolda va tog‘li hududlarda +7...+8 darajagacha, sharqiy, markaziy va janubiy viloyatlarda +10...+15 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

24-mart kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +13 daraja, Toshkent shahrida +16 daraja, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida esa +18 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +20 darajagacha, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa +22 darajagacha ko‘tariladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo'rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)
Mahalliy
Xorazmda 3-sinf o‘quvchilariga behayo xatti-harakatlar qilgan 61 yoshli o‘qituvchi besh sutkaga qamaldi