Chevrolet kompaniyasi Bangkokda bo‘lib o‘tgan avtosalon doirasida Colorado pikapi va Trailblazer yo‘ltanlamasining konseptual versiyalarini taqdim etdi. Prototiplar ikkala modelning seriyali versiyalari dizaynlari restaylingdan so‘ng qanday o‘zgarishlarga uchrashini aks ettiradi, deb yozadi Motor nashri.
Colorado’ning Xtreme deb atalgan maxsus versiyasi seriyali pikapdan old qismidagi o‘zgarishlar, yangilangan interyer, shuningdek, yo‘ltanlamasga xos aksessuarlar bilan farqlanadi. Mashina bosh faralari, radiator panjarasi va bir qator boshqa qismlarining shakli o‘zgartirildi. Interyerda rul chambari va mexanik o‘tkazmalar qutisi dastagi o‘zgarishlarga uchradi.
Bundan tashqari, Colorado Xtreme 18 dyuymli g‘ildirak disklari, 8 dyuymli ekranga ega MyLink multimedia tizimi bilan jihozlandi.
Trailblazer’ning old qismi va interyeri yangilandi. Jumladan, konsept yorug‘lik-diodli faralar, 22 dyuymli g‘ildirak disklari bilan ta’minlandi, old qismida esa bamper va radiator panjarasi o‘zgartirildi.
Yangilangan mashinalar qachon va qaysi bozorlarda sotuvga chiqarilishi borasida aniq ma’lumot berilmadi. Ikkala model ham Tailandda sotiladi.
Izoh (0)