“Barselona” klubining ispaniyalik yarim himoyachisi Serxio Buskets barmog‘ini sindirib olgani uchun Ispaniya terma jamoasining Italiya va Ruminiya termalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi, deb xabar qilmoqda ESPN FC.
Nashrning yozishicha, Buskets o‘ng qo‘lidagi barmoqlaridan birini sindirib olgan. Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente Del Boske uning “Barselona” qarorgohiga qaytib ketishiga qarshilik ko‘rsatmadi.27 yoshli futbolchining jarohati qay darajada jiddiy ekani va uning tiklanishiga qancha vaqt kerakligi tibbiy tekshiruvdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Ispaniya terma jamoasi 24-mart, payshanba kuni Italiya termasiga qarshi, 27-mart, yakshanba kuni esa Ruminiya termasiga qarshi bahs olib boradi.
Izoh (0)