Rossiyada 20-mart, yakshanba kuni jurnalistlarning mustaqil kasaba uyushmasi tashkil etildi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Tashkilotni ta’sis etuvchilar sifatida “Novaya gazeta”, “RBK”, “Slon.ru”, “Mediazona”, “Znak.com” va boshqa nashrlar chiqdi.
Kasaba uyushmasi faoliyati yettita yo‘nalish bo‘yicha (jumladan, hukumat organlari va chet el tashkilotlari bilan aloqalar, huquqni muhofaza qilish faoliyati va mablag‘ to‘plash) yuritiladi.
Kasaba uyushmasini tashkil etish haqidagi qaror 9-mart kuni Checheniston va Ingushetiya chegarasida jurnalistlar va huquq himoyachilari guruhiga hujum qilingandan keyin qabul qilindi.
Izoh (0)