AQShdagi 1 milliard dollardan ortiq kapitalizatsiyaga ega startaplarning 51 foiziga muhojirlar asos solgan. Bu haqda The Wall Street Journal nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
National Foundation for American Policy (NFAP) tashkiloti mutaxassislari o‘tkazgan tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, AQShdagi 87 startapdan 44 tasiga boshqa davlatlar fuqarolari asos solgan.
Muhojirlar asos solgan, kapitalizatsiyasi 1 milliard dollardan oshadigan startaplarning umumiy qiymati 168 milliard dollarni tashkil qiladi. Bunday kompaniyalarning har birida o‘rtacha 760 kishi ishlaydi. Ularda rahbarlik lavozimlarining 70 foizidan ko‘prog‘ini muhojirlar egallagan.
AQShda chet elliklar tashkil etgan eng qimmat startaplar Uber taksi buyurtma qilish xizmati (asoschilaridan biri — kanadalik Gerret Kemp, qiymati — 62,5 milliard dollar), dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Palantir Technologies (asoschilaridan biri — germaniyalik Peter Til, qiymati — 20 milliard dollar) va raketa ishlab chiqaruvchi SpaceX’dir (asoschisi — Tesla rahbari, JAR fuqarosi Ilon Mask, qiymati — 12 milliard dollar).
AQShdagi 1 milliard dollardan ortiq qiymatdagi startaplarning chet ellik asoschilari orasida 14 nafari Hindiston fuqarolari bo‘lsa, Buyuk Britaniya va Kanada vakillari sakkiz nafardan, Isroil fuqarolari yetti kishi, Germaniya fuqarolari esa to‘rt kishidir.
Izoh (0)