Kecha, 16-mart kuni Toshkent shahridagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida ITF turkumidagi Tashkent ITF Juniors tennis musobaqasining ikkinchi davra uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Sports.uz”.
Musobaqaning birinchi raketkasi sifatida e’tirof etilgan o‘zbekistonlik Jo‘rabek Karimov ikkinchi davrada belaruslik Aleksandr Leonenkoga qarshi kortga chiqdi va 6:2, 6:2 hisobida g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Yana bir o‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov fransiyalik Kleman Taburga qarshi bahs olib bordi. Ushbu o‘yinda O‘zbekiston vakili 6:1, 6:2 hisobida qiyinchiliksiz g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi davrada Jo‘rabek Karimov Janubiy koreyalik Yongseok Jongni 6:2, 6:0 hisobida, Humoyun Sultonov esa britaniyalik Lyuis Nyumanni 6:1, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
16-mart. Tashkent ITF Juniors (G2). 2-davra natijalari
Jo‘rabek Karimov (O‘zbekiston, 1) – Aleksandr Leonenko (Belorus) — 6:2, 6:2Humoyun Sultonov (O‘zbekiston, 2) – Kleman Tabur (Fransiya) — 6:1, 6:2
Sharobiddin Abzalov (O‘zbekiston) – Ben Dreyper (Buyuk Britaniya) — 4:6, 2:6
Amal Sultanbekov (O‘zbekiston) – Jek Molloy (Buyuk Britaniya) — 1:6, 2:6
Elister Grey (Buyuk Britaniya, 4) – Sergey Ksenzov (Rossiya) — 6:4, 6:2
Mixail Sokolovskiy (Rossiya, 5) – Dxruf Sunish (Indiya) — 7:5, 6:7(6), 6:1
Finn Bass (Buyuk Britaniya, 6) — Ilgiz Valiyev (Rossiya) — 7:6(4), 6:2
Rudolf Mednis (Latviya, 7) — Jeyms Devis (Buyuk Britaniya) — 6:4, 6:2
Izoh (0)