14-mart kuni olamdan o‘tgan xonanda Shahnozabonu onasiga atab kuylagan oxirgi qo‘shig‘ini muxlislariga taqdim etishga ulgurmadi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.
Yosh ijodkor Bekpo‘lat Baxtiyor saytga murojaat qilib, bundan roppa-rosa bir yil avval yozgan she’rini Shahnozabonu kuylab chiqqani va qo‘shiqni radio, televideniye orqali muxlislarga taqdim etishga ulgurmaganini aytgan.
“‘Mehringizdan aylanay’ nomli she’riy to‘plamimdan o‘rin olgan ‘Mehringizdan aylanay’ nomli she’rim Shahnoza opaga juda yoqib qolib, qo‘shiq qildilar. ‘Musiqasini o‘zim bastaladim, bu qo‘shiq uchun ko‘plardan yaxshi fikrlar eshityapman, nasib qilsa klip olaman’, — degandilar. Afsus, Shahnoza opa tiriklik chog‘ida bu qo‘shiqni ommaga taqdim etishga ulgurmadi. Qo‘shiqni ulardan qolgan eng so‘nggi yodgorlik sifatida muxlislariga taqdim etishni o‘z vazifam deb bildim”, — deb yozadi shoir.Onajonim, jonajon o‘zingizdan aylanay,Bolam deb erkalagan so‘zingizdan aylanay.Xato qilsam hamisha to‘g‘ri yo‘lga solarsiz,Ortingizdan borarman izingizdan aylanay.
Izoh (0)