Braziliyaning sobiq rahbari Luis Inasiu Lula da Silva amaldagi prezident Dilma Russeff hukumatidagi vazir lavozimlaridan birini egallash ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Globo gazetasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Nashrning ta’kidlashicha, Lula da Silva yakuniy qarorni Russeff bilan muzokaralardan keyin bir necha soat davomida qabul qiladi.
Mahalliy OAVlarning ma’lumotlariga qaraganda, sobiq davlat rahbari tashqi ishlar vaziri yoki prezident devonxonasi huzuridagi hukumat ishlari bo‘yicha kotibiyat vaziri lavozimlarini egallash ehtimolini ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dilma Russeff Lula da Silva uning hukumatida biror bir lavozimni egallasa, bundan faqat faxrlanishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)