Iroq hukumati a’zolari iste’fo berishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda vazirlar mahkamasining “As-Sumariya” telekanali orqali tarqatilgan maxsus bayonotida aytildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Iroq hukumati, uning zimmasiga yuklangan mas’uliyatni his qilgan holda, to‘liq tarkibda barcha vazirlar, zarur bo‘lganda, o‘z mansablarini tark etishga tayyorligini ma’lum qiladi”, — deyiladi murojaatda.
Bir kun oldin bosh vazir Haydar al-Obodiy mamlakatda global islohotlar o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasiga murojaat qilib, oliy vazirlik mansablariga nomzodlarni aniqlashni hamda “iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda tubdan o‘zgarish yasay oladigan jamoa” shakllantirishni so‘ragan edi.
Izoh (0)