Rossiyaning Rostov-na-Donu shahrida minorali kranning qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda FVV hududiy boshqarmasi vakilining ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
FVVning aniqlik kiritishicha, hodisa oqibatida kranchi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, kranning qulashi natijasida ikkita yengil avtomobilga zarar yetgan.
Hozirgi paytda kran qulagan hududda transport harakati to‘xtatilgan. Politsiya xodimlari yuz bergan hodisa vaziyatlarini aniqlashtirmoqda.
Izoh (0)