O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin AQShning Indian-Uells shahrida start olgan Masters turkumidagi BNP Paribas Open tennis turnirining birinchi davrasidayoq mag‘lubiyatga uchradi. Bu haqda deb xabar beradi “Sports.uz”.
29 yoshli o‘zbekistonlik tennischi ilk davrada AQSh vakili Denis Kudlaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 37 daqiqa davom etgan bellashuvda Istomin 3:6, 6:2, 1:6 hisobida raqibiga imkoniyatni boy berdi va musobaqa bilan xayrlashdi.
Taqqoslash uchun, Denis Istomin ATP reytingida 73, amerikalik tennischi esa 66-pog‘onani egallab turibdi.
Musobaqaning ikkinchi davrasida Denis Kudla germaniyalik Filipp Kolshrayberga qarshi bahs olib boradi.
“Olamsport”ning ma’lum qilishicha, ushbu turnirning mukofot jamg‘armasi 7 million 37 ming 595 dollarni tashkil qiladi. Birinchi davrada kortga chiqqan tennischilar 11 ming 970 dollar mukofot puli hamda 10 reyting ochkosiga ega bo‘ladi. Musobaqa g‘olibi esa 1 million 28 ming 300 dollar hamda 1000 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.
Izoh (0)