20-aprel kuni International Hotel Tashkent (sobiq Intercontinental) mehmonxonasida USENET 2016 xalqaro digital-konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, konferensiyada qariyb 10 ga yaqin mamlakatdan tashrif buyurgan ekspertlarning chiqish qilishi kutilmoqda.
Konferensiyaning asosiy mavzulari:
- internet orqali biznesni rivojlantirish;
- internetda video-reklama, messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar, SMM;
- reklama bozori monitoringi va o‘lchovi;
- elektron savdo;
- internet-OAV;
- muvaffaqiyatli startaplar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston poytaxtida 2011 va 2012-yillarda ham USENET konferensiyalari tashkil etilgan.
Izoh (0)