Hindistonning Kosmik tadqiqotlar tashkiloti kelgusi moliyaviy yilda (2016-yil aprel — 2017-yil mart) Yer orbitasiga 25 ta chet el sun’iy yo‘ldoshini uchiradi. Bu haqda Hindiston parlamenti rasmiy ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Qurilmalarni orbitaga PSLV seriyasidagi tashuvchi raketa chiqarishi kerak bo‘ladi. Tegishli shartnomalar AQSh, Jazoir, Kanada, Germaniya, Yaponiya va Malayziya bilan imzolangan.
Hindistonda chet el sun’iy yo‘ldoshlarini uchirish uchun Kosmik tadqiqotlar tashkilotining tijorat bo‘linmasi Antrix Corporation javob beradi. Kompaniya allaqachon 21 mamlakatning 57 ta sun’iy yo‘ldoshini uchirib, 100 million dollar daromad qilgan.
Izoh (0)