Singapurlik Jon Nguyen o‘ziga tegishli Tesla Model S elektrokarining zararli ajratmalari hajmi ko‘rsatilgan me’yordan oshiq ekanligi tufayli 10 ming dollar miqdoridagi jarimaga tortildi. Bu haqda “Drom.ru” xabar bermoqda.
Nguyen soliqlarni yengillashtirish maqsadida mashinasini tekshiruvdan o‘tkazdi, ammo buning o‘rniga jarima to‘lashga majbur bo‘ldi.
Singapur transport vazirligi mamlakatda birinchi marta Tesla avtomobillari sinovini o‘tkazdi. Tekshiruvlar mobaynida Model S ekologiya uchun zararli transport vositasi deb topildi.
Singapurda mashinaning ekologik tavsiflarini hisob-kitob qilganda chiqarish quvuridan tarqalayotgan zararli chiqindilargina inobatga olinmaydi. Yakuniy raqamlarga mashina uchun elektr quvvati ishlab chiqarish jarayonida ajraladigan karbonat angidridning shartli miqdori avtomobil bir kilometr yo‘l yurishga iste’mol qiladigan har vatt/soat uchun 0,5 gramm miqdorida qo‘shiladi.
Singapur test silsilasiga ko‘ra, Tesla’ning energiya sarfi rasman ko‘rsatilgan kilometriga 210 vatt/soatdan ikki barobar kattaroq bo‘lib chiqdi va kilometriga 444 vatt/soatni tashkil qildi.
Izoh (0)