Misr politsiyachilari 2013-yilning yozida 14 nafar politsiyachini o‘qqa tutishga aloqadorligi uchun qidiruvda bo‘lgan jangarilardan birini Qohira shahrining chekka qismida yo‘q qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, Imad as-Saidiy Giza provinsiyasining Xadaik al-Ahram tumanida yuz bergan otishma davomida o‘ldirilgan.
Tartib qo‘riqchilari pistirma uyushtirgan, ular qidiruv e’lon qilingan ekstremist ketayotgan mashinani to‘xtatishga uringanda, jangari qarshilik ko‘rsatgan va otib o‘ldirilgan.
Keyinroq xavfsizlik kuchlari uning avtomobilidan pulemyot va uning o‘nlab o‘qini topgan.
Izoh (0)