KXDR 10-mart, payshanba kuni savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Janubiy Koreya bilan imzolangan barcha shartnoma va kelishuvlarni bekor qilish qaroriga keldi. Koreyani tinch yo‘l bilan birlashtirish qo‘mitasining bayonoti Markaziy telegraf agentligi axborot kanallari orqali tarqatildi, deb xabar beradi “TASS”.
Hujjatda ta’kidlanishicha, rasmiy Pxenyan Shimolda joylashgan, Janubiy Koreya kompaniyalariga tegishli barcha mulklarni musodara qiladi. Shuningdek, Janubiy Koreya fuqarolarining Kimgansan kurort zonasiga barcha safarlari bekor qilinadi, Keson shahridagi qo‘shma sanoat zonasi faoliyati to‘xtatiladi.
Bu choralar Janubiy Koreya tomonidan KXDRga nisbatan yadroviy qurol sinovlari o‘tkazilishi tufayli bir tomonlama joriy qilingan qo‘shimcha sanksiyalarga javoban ko‘rilmoqda.
Izoh (0)