O‘tgan mavsumda Navoiyning “Qizilqum” klubi sharafini himoya qilgan tajribali hujumchi Alisher Xoliqov Samarqandning “Dinamo” futbol klubi yig‘iniga kelib qo‘shildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
2010-yilgi Oliy Liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Xoliqov “Dinamo” mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
Joriy mavsumda Oliy Ligaga qaytishni maqsad qilgan samarqandliklar hozirda yana bir nechta futbolchi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Jumladan, “Qizilqum” klubida to‘p tepgan Farrux Haydarov ham “Dinamo” yig‘iniga qo‘shilgan. Shuningdek, “Dinamo” jamoasida 2013–2014-yillar davomida faoliyat olib borgan Azamat Bobojonov sobiq klubi safiga qaytishga yaqin turibdi.
“Mash’al”, “Nasaf” va “So‘g‘diyona” jamoalaridagi o‘yinlari bilan tanilgan tajribali darvozabon Mixail Naumov ham ayni damda “Dinamo” mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
Izoh (0)