Bugun, 9-mart kuni Fransiya futbol federatsiyasining (FFF) shtab-kvartirasida Shveysariya hukumati FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatterning tashkilot hisobidan UEFA sobiq rahbari Mishel Platiniga o‘tkazgan 2 million Shveysariya franki borasidagi ishi bo‘yicha tintuv o‘tkazdi. Bu haqda L'Equipe’ga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.
Tintuv jarayonida politsiya xodimlari ayrim hujjatlarni olib qo‘ydi. Blatterning so‘zlariga qaraganda, barcha pul o‘tkazmalari Platinining Shveysariyadagi bankning shaxsiy hisob raqamiga o‘tkazilgani hamda UEFA va FFFning bunga hech qanday aloqasi yo‘qligi bois, u FFFda tintuv o‘tkazilishini kutmagan.
Platinining advokatlari Shveysariya hukumatining xatti–harakatini ma’qullab, o‘z mijozining ayblovlardan tezroq qutulishiga umid qilmoqda.
FIFA va UEFA sobiq rahbarlari o‘rtasida noqonuniy ravishda pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda gumon qilinayotgani sababli, har ikkisi 8 yilga har qanday futbol faoliyatidan chetlashtirilgandi. Keyinchalik ushbu chetlashtirish ikki yilga qisqartirildi.
Izoh (0)