Ispaniya, Estoniya, AQSh va Buyuk Britaniya astrofiziklari koinotdagi eng yirik obyekt sifatida ko‘rilayotgan galaktik devorni aniqladi. Tadqiqot haqidagi qisqa axborot New Scientist saytida chop etildi.
Olimlar Quyosh tizimidan 4,5—6,4 milliard yorug‘lik yili masofada 830 galaktikadan iborat jamlanma borligini taxmin qilmoqda. Olis obyekt Somon yo‘li galaktikasidan taxminan 10 ming barobar og‘irroqdir.
Obyekt BOSS (Baryon Oscillation Spectroscopic Survey) ma’lumotlar bazasi yordamida aniqlandi. Ayni paytda olimlar galaktikalarning ochiq tizimdagi dinamikasini kuzata olmaydi, negaki ular Yerdan juda uzoqda joylashgan.
Tadqiqotchilarning fikricha, Somon yo‘li va unga yaqin galaktikalar, xususan, Andromeda tumanligi bilan birga boshqa jamlanma — Laniakea tarkibiga kiradi.
Izoh (0)