Somalida AQSh dronining “Ash-Shabob” terrorchi guruhi lageriga bergan zarbasi natijasida 150 jangari yo‘q qilindi. Bu haqda Reuters agentligiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
“Bu omadli zarba bo‘ldi”, — dedi Pentagon rasmiy vakili Jeff Devis bu yangilik yuzasidan.
AQSh razvedkasining ma’lumotlariga ko‘ra, guruh keng miqyosli hujumga hozirlik ko‘rayotgani aniqlangan.
Lager Somali poytaxti Mogadishodan 120 kilometr narida joylashgan.
Fevral oyining oxirida “Ash-Shabob” jangarilarining Mogadishodagi SYL Hotel mehmonxonasiga uyushtirgan hujumi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)