Misha laqabli uysiz kuchukcha uzoq davom etgan operatsiyadan so‘ng o‘ziga keldi. Og‘riq qoldiruvchi dori ta’sirining tugashi bilan qo‘rquvga tushgan jonivor g‘ingshiy boshladi. Shunda jarroh yordamchisi uni qo‘liga olib, alla aytib berdi. Alla ta’sirida kuchukchaning tinchlanishi jarrohning yonidan o‘tib ketayotgan ko‘ngilli tomonidan videoga olindi, deb xabar beradi AdMe.
Voqea ajoyib veterinarlar va ko‘ngillilar jamoasi bilan mashhur Baltimor uysiz jonivorlarni saqlash muassasasida sodir bo‘ldi.
Ayni paytda Misha yangi oilaga qabul qilingan bo‘lib, unga yangidan Mendi laqabi berildi.
Izoh (0)