Boks rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovni WBA kamari bilan taqdirladi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Kamarni tantanali topshirish marosimi Grozniydagi “Kolizey” Sport-Xollida, Ruslan Chagayev (O‘zbekiston) va Lukas Braun (Avstraliya) o‘rtasidagi jang oldidan bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 12 raundlik jangning 10-raundida o‘zbekistonlik bokschi texnik nokautga uchrab, chempionlik kamarini boy berdi.
Izoh (0)