Germaniya chempionati 25-tur markaziy o‘yinida Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida Bundesliga peshqadami “Bavariya” jamoasini qabul qildi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Qiziqarli va kurashlarga boy kechgan o‘yinda hisob ochilmadi va tomonlar nursiz durangga imzo chekdi. “Bavariya” 63 ochko to‘plagan holda Germaniya chempionatida peshqadamlikni davom ettiryapti. Dortmundning “Borussiya”si 58 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Germaniya chempionati, 25-tur
“Borussiya” Dortmund – “Bavariya” 0:0 (0:0)
“Borussiya” D – Byurki, Xummels, Shmelser, Pishchek, Durm, Gyundogan, Vaygl, Mxitaryan, Bender, Roys (Ramos, 81), Obameyang.“Bavariya” – Noyer, Lam, Bernat, Alaba, Robben, Xabi Alonso (Benatiya, 90), Vidal, Kimmix, Duglas Kosta (Riberi, 75), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Xabi Alonso (22), Bender (37).
Izoh (0)