Yevropa Ittifoqi Kengashi 4-mart, juma kuni Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich va uning 15 nafar tarafdoriga nisbatan cheklov choralarini yana bir yilga uzaytirish borasida qaror qabul qildi. Bu haqda, Kengashning bayonotiga tayanib, “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Hujjatda ta’kidlanishicha, sanksiyalar “Ukraina davlat mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirishga yoki xizmat mansabini suiiste’mol qilish oqibatida davlat maglag‘larining yo‘qotilishiga javobgar” shaxslarga nisbatan uzaytirilgan.
Sanksion ro‘yxatdan bir kishining nomi o‘chirilgan. Bu — sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Raisa Bogatiryova.
Sanksiyalarni uzaytirish borasidagi qaror 2016-yilning 5-martida, Yevropa Ittifoqi rasmiy jurnalida chop etilishi bilan kuchga kiradi.
Izoh (0)