Madridning “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 10 yildan buyon yuqori darajada futbol namoyish qilayotganini aytib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Chempionat”.
“Mahorat – katta mehnat samarasi. Menimcha, so‘nggi 10 yildan buyon yuqori darajada futbol namoyish qilyapman. ‘Real’ bilan g‘alaba qozonib, sovrinlarga erishish meni ilhomlantiradi. Bunday yutuqlar shaxsiy natijalardan muhimroq”, – deydi 31 yoshli futbolchi.
Krishtianu Ronaldu uch karra “Oltin to‘p” hamda to‘purarlar uchun beriladigan “Oltin butsa” sovrinining to‘rt karra sohibi hisoblanadi.
Izoh (0)