AQShning Ukrainadagi elchisi Jeffri Payett Ukrainaning eng korrupsiyaga botgan idorasi sud tizimi ekanligini aytdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Men korrupsiyaga qarshi kurash va sud islohoti haqida ko‘p gapirganman. Bu men ko‘p bora qaytadigan mavzu, gap konkret idoralar va shaxslar haqida ketmayapti. Gap idoralarning va fe’l-atvor modellarining o‘zgarishi, hukumatning odamlar oldidagi mas’uliyatni his qilishi kafolatlari, korrupsiya qamrab olgan katta resurslarni ozod qilish va uni Ukraina iqtisodiyotiga investitsiya sifatida kiritish haqida bormoqda”, — dedi Vashington vakili.
Uning fikricha, bu resurslar korrupsionerlar cho‘ntagida turmay, rivojlanish yo‘lida ishlatilsa, mamlakat jiddiy yutuqlarga erishadi.
“Siz odamlar va idoralar o‘zgarishi mumkinligini isbotladinglar — patrul politsiyasi so‘zimning isbotidir. Endigi vazifa bu dadil yondashuvni boshqa huquqiy institutlar, ayniqsa bosh prokuraturaga nisbatan qo‘llashdir” — xulosa qildi Payett.
Izoh (0)