Amerikalik astronavt Skott Kelli rossiyalik fazogir Mixail Korniyenko bilan Xalqaro kosmik stansiyada bir necha oy bo‘lganida birinchi navbatda suvda suzishni sog‘indi. Bu haqda Kelli Texas shtatining Xyuston shahrida joylashgan Jonson nomidagi Kosmik markazda o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
Uning aytishicha, orbital majmuadan Yerga qaytganidan so‘ng birinchi navbatda hovuzga tushgan.
“Suvni juda sog‘indim. Umuman, biz hamkasbim Misha Korniyenko bilan faqat suvni orzu qildik. U ham ko‘pdan buyon xohlayotgan narsalaridan biri suv ichida bo‘lish ekanligini aytdi”, — tan oldi u.
Kellining tushuntirishicha, stansiyadagi tozalikni saqlash tizimi samarador ishlaydi, lekin “ba’zan shunchaki suv ichiga tushging keladi”.
Izoh (0)