Zimbabveda ikki avtobusning to‘qnashib ketishi natijasida 30 kishi halok bo‘ldi va 36 kishi jabrlandi. Bu haqda mahalliy hukumat ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Hodisa 3-mart, payshanba kuni poytaxt Xarareni kattaligi bo‘yicha mamlakatda ikkinchi o‘rinda turuvchi Bulavayo shahri bilan tutashtiruvchi yo‘lda sodir bo‘lgan.
Mahalliy politsiya vakilining ma’lum qilishicha, 28 kishi voqea joyida, yana ikki kishi shifoxonada halok bo‘lgan.
Uning so‘zlariga qaraganda, transport vositalaridan birining haydovchisi tezlikni belgilangan me’yordan oshirgan. Hodisa yuzasidan tekshirish ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)