Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) “Manchester Yunayted” rahbariyatining “Liverpul”ga qarshi kechadigan Yevropa Ligasi 1/8 final javob uchrashuvi vaqtini kechroq o‘tkazish borasidagi taklifini qanoatlantirdi, deya xabar beradi “Chempionat”.
Ma’lum bo‘lishicha, “MYu” – “Liverpul” uchrashuvi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan 17-mart, payshanba kuni Buyuk Britaniyada avliyo Patrik kuni nishonlanadi. Mankunianlar rahbariyati bayram munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklar tufayli muxlislar “Old Trafford” stadioniga vaqtida yetib kela olmasligidan xavotirga tushgan.
Shu tariqa, javob o‘yini 2 soat kechroq o‘tkaziladi, ya’ni “MYu” – “Liverpul” uchrashuvi 17-mart kuni soat 20:05 (Toshkent vaqti bilan tungi 01:05) da bo‘lib o‘tadi. Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yin esa 10-mart kuni “Enfild Roud” stadionida, soat 20:05 (Toshkent vaqti bilan tungi 01:05) da boshlanadi.
Izoh (0)