“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Rayo Valyekano”ga qarshi kechgan (5:1) o‘yinda raqib darvozasiga uchta gol urib, xet-triklar soni bo‘yicha “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduga tenglashib oldi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Argentinalik hujumchi “Barselona”ning barcha rasmiy o‘yinlarida 35 ta xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu 2009-yilda “Real”ga o‘tganidan buyon madridliklar safida xuddi shuncha xet-trik qayd etgan. Ispaniya chempionati doirasida esa xet-triklar bo‘yicha Ronaldu hamon yetakchi. Uning hisobida 29, Messida 26 ta xet-trik mavjud.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” “Rayo Valyekano” ustidan erishilgan g‘alabadan so‘ng, mag‘lubiyatsiz o‘yinlari sonini 35 taga yetkazib, “Real”ning rekordini yangiladi.
Izoh (0)