Joriy yilning 8-mart, seshanba kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahridagi “Ostona-Arena” o‘yingohida mamlakat Superkubogi uchun bahsda amaldagi chempion “Ostona” jamoasi o‘tgan yilgi Kubok sohibi “Qayrat”ga qarshi bahs olib boradi. Bu haqda “Sports.uz” xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, ushbu uchrashuvni Globe Soccer Awards talqini bo‘yicha 2015-yilning eng yaxshi hakami deya e’tirof etilgan Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Bu borada ikki mamlakat futbol federatsiyalari bosh kotiblari o‘zaro kelishuvga erishgani ta’kidlab o‘tilgan.
Ma’lumot uchun, 38 yoshli Ravshan Ermatov shu paytga qadar Qozog‘iston terma jamoasining Qirg‘iziston, Ummon hamda Burkina-Faso termalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishlagan edi.
Izoh (0)